Use APKPure App
Get Ozoda Nursaidova old version APK for Android
Ozoda Nursaidova qo'shiqlari, internetsiz
Xonanda, bastakor hamda prodyuser Ozoda Saidzoda (ko‘pchilik Nursaidova deb biladi) Parpievna 1974 yil 9 oktyabr kuni Toshkent viloyatining To‘ytepa shahrida ziyoli oilasida tavvalud topdi. Tabiatan xuddi o‘g‘il boladek ancha sho‘x bo‘lib, hatto bolalar bilan mushtlashib yurgan Ozoda o‘rta umumta’lim maktabini tamomlagach, bolaligidagi orzusi huquqshunos bo‘lish maqsadida 1991 yilda Yuridik Institutga (hozirgi Toshkent Davlat Yuridik Universitetiga) o‘qishga hujjat topshirdi. Lekin omad kulib boqmadi. Xuddi taqdir unga san’atni hadya etishni bilgandek. Ko‘pchilik undan yaxshi huquqshunos chiqishi mumkinligini aytsa-da, yuridik sohada o‘qimaslikka ahd qildi.
Maktabni bitirish arafasi. Aynan shu paytlarda Ozodaning qalbini bir tuyg‘u egallagan edi. Uning musiqaga, milliy estradaga qiziqishi ortib borayotgandi. Qiziqish bora-bora maqsadga aylandi, maqsad esa niyatga. Niyat o‘z ro‘yobini ko‘rsatdi. 1993 yilda Muxtor Ashrafiy nomidagi O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasining an’anaviy ashula va raqs yo‘nalishida hujjat topshirdi. Imtihonda komissiya a’zolari ovozini eshitib, hayratda qolishib, o‘z firklarini bildirishdi: «Ozodaning ovozi boshqa tengdoshlarida uchramaydigan noyob tembr va baland ovoz. Va bu Konservatoriya uchun bir muvaffaqqiyatdir». Ha, chindan-da, ustoz-shogirdlik an’nalari asosida Ozoda kun sayin muvaffaqqiyatlarni qo‘lga kiritaverdi.
O‘z ijodiy ishini sharqona musiqa, xalqona qo‘shiqlar va Maqom yo‘nalishini tirishqoqlik bilan o‘rganishdan boshlagan Saidzoda 1994 yilda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining oltin fondida saqlanayotgan maqom yo‘nalishidagi «Mug‘ulchai Navo» va «Inonma» deb nomlangan ikki qo‘shiqni kuyladi. Xonanda ham qiziqishi, ham ozmi-ko‘pmi muxlislarining talabidan kelib chiqqan holda, shu yili Muhammad Yusuf she’ri bilan «Muhabbat qaydasan» qo‘shig‘ini bastaladi. Debyut tarona omadli keldi. Talablar ko‘p. Xonanda o‘z ustida ishlab, yana ikkita «Etmasmidim» (1994), «Otajon» (1995) taronalarini ham yozdi.
1997 yilda esa «Muhabbat qaydasan» nomli qo‘shig‘iga birinchi videoklipni ishladi. Va shu nomda ilk musiqiy albomini ham tayyorlab, muxlislariga taqdim etdi. Omad bir kelsa, birin-ketin kelar ekan. 1999 yilda ikkinchi albomini taqdim etdi va shu yili ilk yakkaxon konsertini ham taqdim etdi. 2001 yilda «Tarona» tomonidan o‘tkazilgan marosimda «Yilning eng yaxshi ayol xonandasi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Ushbu ilovada san`atkorning:
- Afsonaman
- Andijonlik bezori
- Asrasin
- Avrama
- Bor-bor
- Dema-dema
- Bo`ydog`im
- Go`zal kechalarda
- Kechagi emas
- Ketaman
- Ko`ngil
- Mayxona
- Onam
- Orzularim
- Qol-qol
- Sen bo`lmasang boshqasi
- Sinmadim ona
- Sovchilar
- Xato qilibsan
- Yetar
- Yor-yor kabi taronalari joy olgan.
Tags:ozoda nursaidova, ozoda nursaidova biografiya, ozoda nursaidova tarjima holi, ozoda nursaidova hayoti, ozoda nursaidova oilasi haqida, ozoda nursaidova konsert ozoda nursaidova mp3, ozoda nursaidova 2017, ozoda nursaidova 2018, ozoda nursaidova haqida, ozoda nursaidova xolos, ozoda nursaidova yor-yor, yangi taronalar, uzbek mp3, uzbek musics, yangi qo`shiqlar, yangi taronalar, ozoda nursaidova klip, ozoda nursaidova kliplari to`plami, klip skachat, klip 2018, ozoda nursaidova 2019, konsert 2019, qo`shiqlari toplami, uzbek musics, uzbekcha qoshiqlar, uzbekcha skachat.
द्वारा डाली गई
Mohamad Bgdade
Android ज़रूरी है
Android 4.1+
श्रेणी
रिपोर्ट
Last updated on Jan 19, 2019
Ozoda Nursaidova qo'shiqlari
Ozoda Nursaidova
qo'shiqlari, internetsiz1.0 by WS Musiqa
Jan 19, 2019